«Toshkent shahar dori-darmon» aktsiyadorlik jamiyatining
2014 yildagi moliyaviy – xujalik faoliyati natijalari
tugrisida bosh direktorining
НISOBOTI
Toshkent sh. 2015 yil 01-may
Bosh direktor
V.V. Ziyaeva
Hurmatli aksiyadorlar!
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan 1994 yil 11-martdagi 132-sonli
O’RVMning qarori va hukumat tomonidan qabul qilingan bir qator hujjatlarga asosan 1995 yil
3-yanvaridan boshlab TSHICHB «Farmatsiya» – «Toshkent shahar dori-darmon» Davlat ochiq
aksiyadorlik birlashmasiga aylantirilib, 523-son bilan Adliya Vazirligida ruyxatga olindi.
So’ng jamiyatimiz Sobir Raximov tumani xokimiyati tomonidan «Toshkent shahar dori-darmon»
ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida 2009 yil 28-iyulda qayta ruyxatga olingan.
2011 yilning boshida hukumat qarorlariga asosan Sobir Raximov tumanining nomi Olmazor
tumaniga o’zgartirildi va 2011 yil 12-yanvarda yangi guvoxnoma olinib, jamiyatning barcha
litsenziyalar yangilandi.
2014 yilda Uzbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlar to’g’risida»gi Qonuniga
kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar asosida jamiyatning Ustaviga tegishli o’zgartirishlar
kiritildi hamda «Ochiq» so’zi olib tashlandi, so’ng 2014 yil 4-sentyabrda Olmazor xokimining
05-000380-sonli yangi guvoxnomasi olindi.
Jamiyat oldiga quyilgan asosiy vazifalardan biri o’z tarmog’i va ombori orqali shahar
DPM larini, Toshkent shahar aholisini hamda turli mulk shaklidagi dorixonalar jumladan o’zining
dorixonalarini sifatli dori-darmonlar bilan ta’minlash va natijada sotilgan dorilar evaziga
daromad olishdir.
2014 yil 1-yanvar holatiga jamiyat tarkibida jami 7ta dorixona 3ta dorixona filiali,
dorixonalar ombori (baza) va nazorat – tahlil laboratoriyasi faoliyat ko’rsatmoqda.
«Toshkent shahar dori-darmon» aksiyadorlik jamiyatining 2014 yil 31-dekabrdagi balansi buyicha asosiy moliyaviy ko’rsatgichlari quyidagicha:
jami xarajatlar 2 128 543,2 ming. so’m.
jumladan muomala xarajatlari: 1 406 421,4 ming so’m.
2014yilda jamiyatimiz 4 229 756,3 ming so’m konvertatsiya qildi.
Jamiyat balansining aktiv qismi 1-yanvar 2015 yilga 10 145 431,6 mln. so’mni tashkil qiladi.
Passiv qismi ham 10 145 431,6 mln so’mni tashkil qiladi.
Jamiyatdagi dorilar qoldig’i 2015 yil 1-yanvarga 4 404 456,2 ming so’mni tashkil qilgan.
Jamiyat 2014 yilda olgan sof foydasi 25 876,2 ming so’mni tashkil qiladi.
2013 yilda ko’rilgan jami 31 596,8 ming so’m sof foydadan 2014 yilda aksiyadorlarning umumiy
majlisi qaroriga binoan dividend tulanmadi, ushbu mablaglar jamiyatni rivojlantirish uchun
yo’naltirildi.
2015 yilda kreditorlik qarzlarni kamaytirish chora – tadbirlarni ko’rish asosiy maqsadlardan
biri etib belgilandi.
Buxgalteriya ishini takomillashtirish maqsadida yangi zamonaviy komp`yuterlar va bugungi kun
talablariga javob beradigan zamonaviy buxgalterlik komp`yuter dasturlari o’rnatilib,
ulardan ichki tizim orqali foydalanilmoqda.
Savdo va marketing bo’limi.
«Toshkent shahar dori-darmon» AJ tomonidan 2014 yil mobaynida davolash-profilaktika
muasasalari xamda shahar aholisini ta’minlash maqsadida O’zbekistondagi ishlab chiqaruvchi xamda
ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi firmalar bilan shartnomalar imzolandi. O’zbekiston
hududida faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlar, qo’shma korxonalar, ishlab chiqaruvchi korxona
firmalardan 11795857690,2 so’mlik dori-darmonlar olindi va davolash profilaktika
muasasalariga hamda dorixonalarga tarqatildi.
O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatuvchi korxona va firmalardan:
2014 yil mobaynida «Uzmevasavzavotuzumsanoat» Xolding konsernidan 2595 dkl. Ya’ni
109707014,02 so’mlik etil spirti olindi va davolash profilaktika muassasalariga sotildi.
Tender asosida markazlashtirilgan dori vositalarining 01.01.2014 yil uchun qoldig’i
218750844.11 so’mni tashkil qiladi.2014 yil buyicha Tender asosida sotib olingan dori
vositalar 630058790.55 so’mga sotib olingan.2014 yil buyicha Tender asosidagi sotib olingan
dori vositalar Toshkent shahar Sog’liqni saqlash Bosh Boshqarmasining taqsimoti asosida
davolash-profilaktika muassalariga 848576589.57 so’mlik tarqatildi. Ushbu dorilarning
31.12.2014 yilga qoldig’i 233045.09 so’mni tashkil etadi.
Narxi cheklangan 20 turdagi dori-darmonlarning 01.01.2014 yilga qoldig’i 2540043 so’mni
tashkil etadi. 2014 yil davomida narxi cheklangan 20 xil turdagi dori-darmonlardan yana
7808060 so’mlik keltirildi, dorixona hamda davolash profilaktika muassasalariga 6191465
so’mlik tarqatildi. Ushbu dorilarning 01.01.2015 yilga qoldig’i 4156638 so’mni tashkil etadi.
«Toshkent shahar dori-darmon» AJ tomonidan 2014 yil davomida 23ta ulgurji savdo bilan
shug’ullanuvchi xususiy firma va korxonalardan jami 1 666 962 938,03 so’mlik dori-darmonlar
sotib olingan
«Toshkent shahar dori-darmon» AJ tomonidan 2014 yil davomida «Uzfarmsanoat» DAK tizimiga
kirgan 7ta korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 121 205 430,00 so’mlik dori-darmonlar
sotib olingan «Toshkent shahar dori-darmon» AJ tomonidan 2014 yil davomida «Uzfarmsanoat»
DAK tizimiga kirmagan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan dori-darmonlarni jami 183 300
300,00 so’mlik dori darmonlar sotib olingan
«Toshkent shahar dori-darmon» AJi tomonidan 2014 yil davomida 8ta chet el firmalaridan
jami 4 335 513 464,87 dori-darmonlar sotib olingan
«Dori-Darmon» AK tarkibiga kirgan aktsiyadorlik jamiyatlari va MCHJlardan 2014 yil davomida
jami 343482677,0 so’mlik dori-darmonlar sotib olingan
2014 yil mobaynida jamiyat tomonidan Toshkent shahrida joylashgan tug’ruq komplekslariga jami
134806205,27 so’mlik dori vositalari berildi.
2014 yilning 31-dekabr holatiga jamiyatda jami 113 mutaxassis ishlagan. Bulardan 30tasi
provizor, 25 farmatsevt, qolgan ishchilar turli kasb egallari. Faoliyat ko’rsatayotgan
mutaxassislardan oliy toifaga 3ta, birinchi toifaga 4ta, ikkinchi toifaga 1ta mutaxassis
ega.
2014 yil mobaynida jamiyatga ishga 1ta provizor va 9ta farmatsevt olingan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig «Ustoz – shogird» dasturi buyicha jamiyatning dorixonalarida Toshkent shahrida joylashgan bir qator tibbiyot kollejlarining farmatsevtika bo’limlarining 2-3 kurslarning 84ta o’quvchilari jamiyat dorixonalari bazasida amaliyotlar o’tgan, hamda Toshkent farmatsevtika institutining 4ta talabasi amaliyotlar o’tgan, shuningdek Shayxontoxur tibbiyot kolleji bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashda bosh direktor o’rinbosari ishtirok etdi.
25.06.2015
Jamiyat matbuot-xizmati
Tel:+998 71 2280429