«TOSHKENT SHAHAR DORI – DARMON» AKSIYADORLIK JAMIYATI
AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
E’lon sanasi: 2021 yil 10 avgust
«TOSHKENT SHAHAR DORI – DARMON» aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda – «Jamiyat») Kuzatuv kengashi, jamiyatning nominal qiymati 2400 so‘mlik 8 003 201 dona, umumiy summasi 19 207 682 400 so‘m bo‘lgan oddiy aksiyalari qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi Qarori O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2021 yil 06 avgustda № Q 0025-4 -son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilganligini ma’lum qiladi.
Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga asosan, Jamiyat aksiyadorlari ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni o‘zlariga tegishli oddiy aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Aksiyalarini imtiyozli sotib olish huquqiga 2021 yil 09 iyul’ xolatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestrida qayd etilgan, Jamiyat oddiy aksiyalari egalari bo‘lgan aksiyadorlar ega bo‘ladilar.
Imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati ushbu bildirishnoma e’lon qilingan paytdan e’tiboran 15 kalendar’ kunni tashkil qiladi.
Jamiyat Kuzatuv kengashining 2021 yil 09 avgustdagi qaroriga asosan aksiyalarni joylashtirish narxi – xar bir aksiya uchun 2400 so‘m etib belgilandi.
Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlar aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining ismi – sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aksiyalarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni Jamiyatga yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqlidirlar. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Jamiyatga taqdim etilishi kerak.
Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga asosan, imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugagandan so‘ng, mazkur chiqarilishdagi aksiyalarning qolgan qismi “FAZO SARBON INVEST” Mas’uliyati cheklangan jamiyatiga joylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2021 yil 06 avgustda № Q 0025-4 -son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror matni bilan Jamiyat korporativ veb-sayti (www.toshkentdd.uz)da tanishishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun «TOSHKENT SHAHAR DORI – DARMON» AJga murojaat qilishingiz mumkin. Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shaxri, Olmazor tumani, Usta-Shirin ko‘chasi, 1-tor, 84 uy. Ma’lumot uchun telefonlar: 71 228-04-20, 71 228-04-29.
«TOSHKENT SHAHAR DORI – DARMON» AJ Kuzatuv Kengashi