HURMATLI AKSIYADORLAR!
“TOSHKENT SHAHAR DORI – DARMON” AJ aksiyadorlariga ma’lum qiladiki, Kuzatuv kengashi majlisining qaroriga muvofiq, 2024-yil 18-iyul kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Usta Shirin 1-berk ko’chasi, 84-uyda aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishi bo’lib o’tadi.
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar ro’yxati 2024 yil 12 iyul holatiga tuziladi.
Elektron pochta manzili va veb-sayt: info@toshkentdd.uz, www.toshkentdd.uz
KUN TARTIBI:
- Jamiyat sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash;
- Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishini o’tkazish reglamentini tasdiqlash;
- Ijroiya organi rahbarining jamiyatning 2023 yil moliya – xo’jalik faoliyati yakunlari to’g’risidagi hisobotini eshitish va tasdiqlash.
- Jamiyat Kuzatuv Kengashining 2023 yilgi hisobotini eshitish;
- Jamiyatning 2023 yil uchun yillik hisobotini, jamiyatning buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotini tasdiqlash;
- 2023 yil uchun jamiyatning foyda va zararlarini taqsimlash;
- 2023-2024 yillar uchun jamiyatning tashqi auditorini va uning xizmatlari uchun eng yuqori to’lov miqdorini tasdiqlash;
- “TOSHKENT SHAHAR DORI – DARMON” AJ Bosh direktorini saylash;
- Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash;
- Jamiyatning joriy xo’jalik faoliyati bilan bog’liq “TOSHKENT SHAHAR DORI – DARMON” AJning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzishni ma’qullash to’g’risida.
Kun tartibiga taaluqli masalalar bo’yicha qo’shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Usta Shirin 1-berk ko’chasi, 84-uy, hamda +99871 228-04-30 telefon raqamlari orqali.
Yig’ilishda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish 2024 yil 18 iyul soat 14.00 da boshlanadi. Umumiy yig’ilishda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tishda aksiyador o’zi bilan pasport yoki O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq o’rnini bosuvchi boshqa hujjatga ega bo’lishi kerak.
Umumiy yig’ilishda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tishda aksiyadorning vakili O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq pasport va tegishli rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo’lishi kerak.
Aksiyadorlar ushbu e’lon chop etilgan kundan boshlab aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sanaga qadar aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig’ilishida ko’rib chiqilishi kerak bo’lgan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin: Toshkent shahri, Usta Shirin 1-berk ko’chasi, 84-uy, ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha.