HURMATLI AKSIYADORLAR!
“TOSHKENTSHAHARDORI – DARMON” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2022–yil 11-yanvar kuni Toshkent shahri, Usta Shirin ko’chasi, 1-berk ko’cha, 84-uyda joylashgan jamiyatning ma’muriy binosida bo’lib o’tadi.
Aksiyadorlarni ro’yxatga olish boshlanishi – soat 14:00.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishining boshlanishi – soat 15:00 da.
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reestrini tuzish sanasi – 2022 yil 6 yanvar.
Kun tartibi:
- “TOSHKENT shahar DORI – DARMON” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash;
- Bosh direktorning jamiyatning debitorlik va kreditorlik qarzlari holati to’g’risidagi hisobotini eshitish;
- Jamiyat aktivlarini sotish bilan bog’liq yirik bitimlar tuzish to’g’risida;
- “Toshkent SHAHAR DORI–DARMON” AJga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan ko’chmas mulkni “POYTAXT DORI–DARMON” MChJning krediti bo’yicha garov sifatida taqdim etish to’g’risida;
- Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarini qayta saylash to’g’risida.
- Yig’ilishda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tishda aksiyador o’zi bilan pasport yoki O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq uning o’rnini bosuvchi boshqa hujjatga ega bo’lishi kerak. Aksiyadorning vakili esa, shuningdek, o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo’lishi kerak.
- Aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ko’rib chiqilishi kerak bo’lgan materiallar bilan ushbu xabar e’lon qilingan kundan boshlab aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sanaga qadar ish kunlari soat 10:00dan 16:00gacha quyidagi manzilda tanishishlari mumkin:Toshkent shahri, Usta Shirin 1-berk ko’chasi, 84.
Jamiyat kuzatuv kengashi.