«Toshkent shah ar dori-darmon»
Aksiyadorlik jamiyatini rivojlantirish
strategiyasi
Respublika iqtisodiyotining farmatsevtika sohasi jadal ravishda rivojlanib borayotganligi tufayli «Toshkent shahar dori-darmon» aksiyadorlik jamiyati ham, o’zining vakolatlari va imkoniyatlari doirasida shu dolzarb masalaga salmoqli hissasini qo’shishni ustuvor vazifa etib belgilagan.
– Birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti – hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan farmatsiya sohasining barcha xodimlari oldiga qo’ygan ustuvor vazifalarni bajarishdir;
– aksiyadorlik jamiyatimiz oldiga qo’yilgan dolzarb vazifalaridan biri 2016 yil 31-oktyabrda qabul qilingan «Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan
ta’minlashni yanada yaxshilash chora – tadbirlari to’g’risida» gi 2647-sonli Qarori talablarini bajarishdir.
Bu – 343 ta narxi cheklangan dori vositalari va tibbiy buyumlarlarga belgilangan ustamalarni qo’llash hayotiy zarur bo’lgan 76 turdagi dori vositalarini mavjudligini dorixonalarda ta’minlash hamda sifatli farm maxsulot bilan ta’minlashdir.
Shu bilan birga aktsiyadorlik jamiyat sifatida aktsiyadorlar manfaatini uylab qo’shimcha daromad olishdir, ushbu maqsadda birinchi navbatda ulgurji va chakana mol aylanishini ko’tarishni, qo’shimcha daromad olish yo’llarini qidirishni, jamiyat xodimlarining oylik maoshlarini Respublikamizdagi o’rta darajaga yetkazish va shu orqali to’lanadigan soliqlar hajmini ko’paytirish bu esa o’z navbatida byudjet tashkilotlari oyligini, nafaqa va spideniyalarni o’z vaqtida to’lash imkoniyatini yaratadi;
– ushbu maqsadlarga erishish uchun sifatli va imkoniyat boricha ishlab-chiqaruvchining narxiga yaqinlashtirib raqobatbardosh sifatli dori – darmonlar va tibbiy vositalarning xajmini ko’paytirib Toshkent shaxar aholisining ehtiyojini qondirishdir;
– xodimlarning saviyasini oshirish, ularning kasbiy malakalarini oshirish,
respublikamiz va dunyodagi ilg’or ish yuritish usullardan foydalanish, dorixonaga kirgan har bir bemorlarga vaqtini ayamasdan jon kuydirib kerakli maslahatlar berish va xizmat qilishdir;
– «Toshkent shahar dori-darmon» aksiyadorlik jamiyati «Dori – Darmon» aksiyadorlik
Kompaniyasining uslubiy va ma’naviy yordamida, boshqa xususiy dorixona muassasalaridan kasbiy va etik jixatdan yuqori turishga xarakat qiladi;
– «Toshkent shahar dori-darmon» aksiyadorlik jamiyati nafaqat dori-darmonlarni savdosi bilan shug’ullanish, balkim kelgusida ishlab -chiqarishni o’ziga maqsad etib qo’ygan va shu maqsadda galen maxsulotlarni ishlab – chiqarish sexini qurib bitkazmokda;
– barcha oldimizga qo’yilgan ishlar bajarilishi jarayonida, nafaqat jamiyat aksiyadorlariga nafi tegar, balkim to’layotgan soliqlarimiz orqali respublikamiz rivojiga ham o’zimizning hissamizni qo’shgan bo’lamiz.
12.01.2017 Jamiyat matbuot-xizmati Tel:+998 71 2280429